12:03 Neymarning transferi va maoshi “Barselona”ga130,2 million evroga tushadi | |
"Barselona”nig futbol menejmenti masalalari bo'yicha direktori Raul Sanllexi hujumchi Neymarning "Santos”dan Katalon klubiga transfer qilinishi bo'yicha detallarni oshkor qildi. Sanllexining so'zlariga ko'ra, Neymarning haqiqiy narxi –57,1 million evro ekan. 40 millionni Neymar & Nadine kompaniyasi olgan, unga futbolchining otasi va onasi egalik qilishadi. Neymarning bu kompaniyada ulushi yo'q. 17,1 million evroni esa "Santos” olgan. 16,4 millionni "Barselona” qo'shimcha harajatlarga sarflagan: 4 million – marketingga (besh yillik shartnomaning har bir yili uchun 0,8 million evrodan), 2,5 million – Neymar’s Foundation’ga to'lov (besh yillik shartnomaning har bir yili uchun 0,5 million evrodan), 7,9 – "Santos”ning uch nafar yosh o'yinchisi uchun, yana 2 million evro Neymar & Nadine kompaniyasiga skauting uchun berildi (Neymarning otasi keyingi besh yil davomida "Barselona” uchun skautlik qiladi). Bundan tashqari, Neymarning 5 yil ichidagi ish haqi, bonuslar, qayd qilingan maosh va agentning komission harajatlari bilan 56,7 million evroni tashkil qiladi. Shunday qilib, Neymarning transfer summasi uning maoshi bilan "Barselona”ga 130,2 million evroga tushgan. Eslatib o'tamiz, Neymarning "Santos”dan "Barselona”ga transfer qilinishi bo'yicha ishni tekshirmoqda. Shu sababli kecha Kataloniya klubi prezidenti Sandro Rosel o'z lavozimidan ketdi. U ushbu ish davomida 40 million evroni o'zlashtirishda ayblanmoqda. | |
|
Всего комментариев: 0 | |